Ijtimoiy tarmoq faoli Emine-Lemara Mirzaahmedova hibsga olindi. Toshkent viloyati IIBBga ko‘ra, unga nisbatan ikkita modda doirasida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishiga blogerlik faoliyatining aloqasi yo‘q, unga tegishli qurilish firmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan, deyiladi xabarda.
Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida IIB xodimlari mastligini tekshirish uchun olib ketayotgan fuqaro vafot etdi. Sudga oid tibbiy ekspertiza uning o‘limiga bir qancha surunkali kasalliklar sabab bo‘lganini qayd etdi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Senat hududiy ichki ishlar boshqarmalari rahbarlarining har chorakda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy kengashlarga hisobot taqdim etishi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Shuningdek, tuman va shahar IIB boshliqlari ham (har chorakda) va ularning o‘rinbosarlari (har oyda) hisobot beradi.
22 may kuni Vazirlar Mahkamasiga yordam so‘rab borgan mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchilari ichki ishlar xodimlari ularga kuch ishlatishganini ta’kidlamoqda. Toshkent shahar IIBB voqea yuzasidan xizmat tekshiruv o‘tkazmoqda. Holat IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting